Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Noqulay ob-havo sharoiti, xususan qo‘yi tuman tufayli Namangan xalqaro aeroportida samolyotlarni qabul qilish va uchirish vaqtinchalik cheklandi. Bir necha reyslar zaxira aerodromlariga yo‘naltirildi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Sochi – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY-9826 reysi 19:24 da Farg‘ona aeroportiga qo‘ndi.
Flynas aviakompaniyasining Jidda – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha XY-651 reysi Toshkent aeroportiga yo‘naltirilib, mahalliy vaqt bilan 20:10 da qo‘ndi.
Qanot Sharq aviakompaniyasining Istanbul – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HH-578 reysi ham Toshkentga yo‘naltirilib, 21:28 da qo‘ndi.
Namangan aeroporti ob-havo sharoiti yaxshilanganidan so‘ng o‘z faoliyatini odatiy tartibda qayta tiklaydi. Reyslari kechiktirilgan yoki yo‘naltirilgan yo‘lovchilarga aviakompaniyalar va aeroportlar saytidagi yangilangan ma’lumotlarni kuzatib borish tavsiya etiladi.