Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 3000 nafardan oshdi
(Surat: RIA Novosti\MCHS RF)
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Myanmada sodir bo‘lgan halokatli zilzila natijasida halok bo‘lganlar soni 3000 nafardan oshdi.
“Sinxua” agentligining so‘nggi maʼlumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari 3003 nafarga yetgan, 4515 kishi jarohat olgan, 351 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Avvalroq 2886 nafar halok bo‘lgani haqida xabar qilingan edi, biroq ofat ko‘lami kutilganidan ancha jiddiyroq bo‘lib chiqdi.
Myanma hukumati 31 mart kuni mazkur fojiali hodisalar munosabati bilan bir haftalik milliy motam eʼlon qildi. Qutqaruv ishlari va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.