Myanmada zilzila qurbonlari soni ikki mingdan oshdi
(Surat: © RIA Novosti / RF FVV)
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Myanmada sodir bo‘lgan zilzila natijasida ikki mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sinxua” agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib.
«Juma kuni sodir bo‘lgan zilzila tufayli Myanmada halok bo‘lganlar soni 2056 kishiga yetdi, taxminan 3,9 ming kishi jarohat olgan va 270 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan», — deyiladi xabarda.
Juma kuni Myanma hududida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Silkinishlar qo‘shni beshta mamlakatda, jumladan, Tailandda ham sezilgan.