Valyuta kurslari 02/04/2025
$1 – 12925.20
UZS – -0,09%
€1 – 13982.48
UZS – 0,32%
₽1 – 152.58
UZS – -1,27%
Qidirish
O‘zbekiston 29/03/2025 Muzaffardjon Mamasidikov O‘zbekiston FVV Akademiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi

Muzaffardjon Mamasidikov O‘zbekiston FVV Akademiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan polkovnik Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan general-mayor Haydarov Ravshan Haydarovich nafaqaga chiqishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling