Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Muzaffar Kamilov O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.
Muzaffar Kamilov bu lavozimni 2021–2023-yillarda ham egallagan.
Avvalgi rektor Uyg‘un G‘afurov boshqa ishga o‘tish munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. U 2023-yil sentyabridan buyon akademiyaga rahbarlik qilib kelgan edi.
Muzaffar Kamilov yangi tayinlovga qadar prezidentning millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan.