Valyuta kurslari 06/08/2025
$1 – 12524.89
UZS – -0,76%
€1 – 14456.23
UZS – -0,96%
₽1 – 156.54
UZS – -1,2%
Qidirish
Sport 05/08/2025 Mullajonovga nisbatan doping shubhasiga tibbiy muolaja sabab bo‘lishi mumkin — O‘zbekiston boks federatsiyasi bayonoti

Mullajonovga nisbatan doping shubhasiga tibbiy muolaja sabab bo‘lishi mumkin — O‘zbekiston boks federatsiyasi bayonoti

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston boks federatsiyasi Parij‑2024 Olimpiadasi chempionatida g‘olib chiqqan Lazizbek Mullajonov haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.

«Eslatib o‘tamiz, Lazizbek Mullajonov — O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, Parij‑2024 Olimpiya o‘yinlari oltin medali sovrindori. Ijtimoiy tarmoqlarda bokschimizda doping moddalari aniqlangani va natijaning bekor qilinishi mumkinligi haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi», — deyiladi Federatsiya bayonotida.

Federatsiya taʼkidlashicha, bugungi kunda Mullajonov professional boksda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Sportchimiz doimiy ravishda doping qoidalariga rioya qilib kelgan va doping sinama testlari natijalari har doim manfiy chiqqan bo‘lib, joriy yilning 11 iyun kuni Xalqaro doping qoidalariga ko‘ra sportchimizdan doping sinama testi olingan va Xalqaro Test agentligiga (ITA) tomonidan test natijalariga ko‘ra taqiqlangan moddalar borligi aniqlanganligi yuzasidan axborot xati taqdim qilindi.

Sportchimiz Parij-2024 Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng, 2024 yil 19 noyabr kuni Farg‘ona shahridagi xususiy shifoxonada soch ko‘chirib o‘tkazish amalyotini o‘tkazganli sababli, 4 bosqichli operatsiya amalyotida va operatsiyadan keyingi muolajalarda shifoxona tomonidan taqdim qilingan davolanish uchun dori vositalarini qabul qilganligi va ushbu dori vositalarida ayrim taqiqlangan doping moddalari bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

O‘zbekiston boks federatsiyasi va Lazizbek Mullajonov tomonidan Xalqaro Test agentligiga (ITA) ushbu masala yuzasidan kerakli barcha hujjatlar taqdim qilingan bo‘lib, Lazizbek yakuniy qaror chiqishini kutmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda vakilimiz doping qoidalarini buzganligi sababli Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari oltin medali natijasi bekor qilinishi to‘g‘risida xabarlar asossiz ekanligi va yuqoridagi holat Olimpiya o‘yinlaridagi natijasiga hech qanday taʼsir ko‘rsatmasligini maʼlum qilamiz.

Federatsiya ommaviy axborot vositalarini tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikka va rasmiy maʼlumotlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkilotga yoki Lazizbek Mullajonovning o‘ziga murojaat qilishga chaqirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling