Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Moliya 02/02/2025 Mo‘g‘uliston delegatsiyasi Toshkentda Jahon banki ekspertlari bilan energetika sohasidagi islohotlarni muhokama qilmoqda

Mo‘g‘uliston delegatsiyasi Toshkentda Jahon banki ekspertlari bilan energetika sohasidagi islohotlarni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 

 

Mongoliya bosh vazirining o‘rinbosari Togmidin Dorjxand boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentdagi ofisimizda Jahon banki jamoasi bilan uchrashdi. Samarali o‘tgan fikr almashish davomida delegatsiya Bank ko‘magida O‘zbekistonda energetika sektorida amalga oshirilayotgan islohotlar tajribasi bilan tanishdi.

Jahon banki xodimlari 2017-yildan boshlangan energetika sektoridagi islohotlarni qanday baholaganlari bilan bo‘lishishdi hamda mamlakatning sa’y-harakatlari va Jahon bankining mamlakat elektr energiyasi ulgurji va chakana bozori rivojlanishi, elektr energiyasini uzatish infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xususiy investitsiyalarni jalb qilishda ko‘rsatgan ko‘magini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston hukumatining markazlashgan isitish tizimini takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish va "yashil" iqtisodiyotga o‘tishni rag‘batlantirish borasidagi joriy sa’y-harakatlari, shu jumladan Bank tomonidan taqdim etilayotgan texnik yordam va moliyalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirish orqali, alohida qayd etildi.

Delegatsiya Mongoliya va Markaziy Osiyo mamlakatlari ekspertlari va amaliyotchilari o‘rtasidagi bilim almashish jarayonini yanada mustahkamlashga qiziqish bildirdi. Jahon banki vakillari tashkilotning ushbu jarayonni davom ettirishga, mijoz mamlakatlarimizning salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha o‘z ishining bir qismi sifatida yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling