Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarining sun’iy intellektni rivojlantirişga tayyorligi böyiça tadqiqot natijalari taqdim etildi.
Hisobot Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Ozarbayjonni qamrab olgan bölib, yagona metodologiya asosida mintaqaning holatiga berilgan ilk kompleks baholaş hisoblanadi.
«The Next AI Frontier: Central Asia and the Caucasus in the Global Teçnology Şift» nomli tadqiqotni MIT Kuo Şarper Center tayyorlagan. Xuddi şu nomdagi muhokamada markazning tadqiqotlar böyiça direktori Şamil Ibragimov ma’ruza bilan iştirok etdi.
Tadqiqot ustida işlaş 2026 yil aprel oyida boşlangan. Dastlabki natijalar 22 sentyabr kuni Toşkentda bölib ötgan ICT Week Uzbekistan 2026 tadbirida taqdim etilgan.
Mualliflar sönggi uç yilda mintaqa mamlakatlari sun’iy intellektni rivojlantirişda sezilarli yutuqlarga erişganini qayd etgan. Şu bilan birga, texnologik maqsadlar hozirça infratuzilma imkoniyatlaridan ilgarilab ketmoqda. Asosiy çeklovlar qatorida hisoblaş quvvatlarining yetişmasligi va işonçli energiya ta’minoti zarurati körsatilgan.
Davlat siyosati va infratuzilma
Tadqiqotga köra, beşala mamlakatda ham sun’iy intellektni tartibga soliş qonunçilik darajasida mustahkamlangan, barça davlatlarda uşbu yönaliş uçun mas’uliyat kamida vazirlik darajasida belgilangan. Özbekistonda sun’iy intellektga oid normalar amaldagi qonunçilikka integratsiya qilingan.
Şu bilan birga, mintaqa hanuz Frankfurt, Dehli va Dubaydagi ma’lumotlarni qayta işlaş markazlariga ega xorijiy bulutli platformalarga boğliq. Uç yil avval mintaqada grafik protsessorlar (GPU) asosidagi hisoblaş quvvatlari mavjud bölmagan bölsa, hozirda bu yerda jahonning TOP500 reytingiga kiritilgan uçta superkompyuter işlamoqda.
Ibragimovning baholaşiça, yaqin bir-ikki yil içida ilğor mikrosxemalardan foydalaniş imkoniyati va energetika infratuzilmasini ta’minlaş böyiça qabul qilinadigan qarorlar mintaqaning keyingi ön yillikdagi texnologik rivojlanişini belgilab berişi mumkin.
Ilmiy naşrlar va tayyorlangan mutaxassislar soni ortib bormoqda
2021–2025 yillarda mintaqa mamlakatlarida sun’iy intellekt böyiça 4 278 ta ilmiy maqola çop etilgan. Uşbu davrda yillik ilmiy naşrlar soni beş baravardan ziyod oşgan.
Ilmiy işlar sifati ham yaxşilanmoqda: maqolalarning 42 foizi birinçi kvartildagi jurnallarda e’lon qilingan. Mintaqaning vaznli iqtibos keltiriş indeksi 1,5 ni taşkil etgan, jahon böyiça örtaça körsatkiç esa 1,0 ga teng.
Şu bilan birga, ommaviy ta’lim hozirça asosan qisqa muddatli masofaviy kurslar bilan çeklanmoqda. Tadqiqot mualliflarining fikriça, keyingi bosqiçda mavjud sun’iy intellekt vositalaridan foydalaniş bilan birga yangi modellarni ham işlab çiqişga qodir mutaxassislarni çuqur tayyorlaşga e’tibor qaratiş zarur.
Startaplar sun’iy intellektni joriy etişda yirik biznesdan ilgarilab ketmoqda
Tadqiqot doirasida 650 ta startap va 100 nafardan ortiq xodimga ega 103 ta kompaniya örganilgan.
Sörovda qatnaşgan startaplarning qariyb 80 foizi özini sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvçi kompaniya sifatida baholagan. 2023 yilda yoki undan keyin taşkil etilgan korxonalar orasida bu körsatkiç 81 foizni taşkil etgan.
Biroq startaplarning 84 foizi GPU yetişmasligiga duç kelmoqda, 71 foizi esa xorijiy bulutli platformalardan foydalanmoqda.
Yirik kompaniyalar orasida 68 foizi hozirça sun’iy intellektni qöllaş imkoniyatlarini örganmoqda yoki pilot loyihalarni amalga oşirmoqda. Atigi 3 foiz kompaniya sun’iy intellektni öz faoliyatining asosiga aylantirgan, qariyb yarmida esa uni joriy etiş böyiça aniq strategiya mavjud emas.
Ibragimov startaplar faolligi va yirik kompaniyalar talabi örtasidagi tafovutni mintaqani rivojlantiriş uçun asosiy imkoniyatlardan biri sifatida baholagan.
U mintaqaviy integratsiyani kuçaytiriş zarurligini ham ta’kidlagan. Uning fikriça, alohida mamlakatlar bozorlari nisbatan kiçik, yagona mintaqaviy makon esa köproq investitsiya jalb qilişi mumkin. Markaziy Osiyo va Kavkazning ustunliklari qatorida qayta tiklanuvçi energetika salohiyati, Yevrosiyo markazidagi geografik joylaşuvi va nisbiy barqarorlik qayd etilgan.
Özbekiston sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy naşrlar soni böyiça yetakçi
Tadqiqotning alohida bölimi Özbekiston körsatkiçlariga bağişlangan. Mamlakatda sun’iy intellekt böyiça ilmiy naşrlar soni 2021 yildagi 26 tadan 2025 yilda 861 taga yetgan. Bu 27 baravardan ziyod ösişni anglatadi. Uşbu körsatkiç böyiça Özbekiston 2025 yilda 579 ta ilmiy iş çop etgan Qozoğistondan özib ketgan. Scopus ma’lumotlar bazasida indekslangan va taqrizdan ötgan mintaqaviy ilmiy maqolalarning 82 foizi uşbu ikki mamlakat hissasiga töğri keladi.
2026 yil iyul oyida Toşkentda Raqamli texnologiyalar vazirligi boşqaruvidagi Digital Government National Supercomputer işga tuşirildi. U TOP500 reytingiga kiritildi. Birinçi oyda tizimning yuklaniş darajasi qariyb 90 foizga yetgan. 2027 yilgaça uning hisoblaş quvvatini uç baravar oşiriş rejalaştirilgan.
Özbekiston mintaqadagi onlayn ta’lim bozorida ham salmoqli uluşga ega. Beş mamlakatda Coursera platformasida tahsil olayotgan 4,7 mln nafar tinglovçining 3,4 millioni Özbekiston hissasiga töğri keladi. Tadqiqot mualliflari raqamli könikmalarni rivojlantirişga qaratilgan asosiy taşabbuslar qatorida One Million Uzbek Coders dasturini ham qayd etgan.
Xususiy sektorda sörovda qatnaşgan özbekistonlik startaplarning 79 foizi özini sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvçi kompaniya sifatida körsatgan.
Energetika sohasida mamlakatda elektr energiyasini uzatiş va taqsimlaşdagi yöqotişlar 5 foizni taşkil etadi. Bu körib çiqilgan davlatlar orasidagi eng past körsatkiçdir. Bundan taşqari, Özbekistonda DataVolt va LinkWise ma’lumotlarni qayta işlaş markazlarini taşkil etiş loyihalari e’lon qilingan.
IT Park texnologik kompaniyalar va investorlarni jalb qilmoqda
Tadqiqotda IT Park Uzbekistan Qozoğistondagi Astana Hub va Qirğizistondagi Yuqori texnologiyalar parki bilan bir qatorda mintaqada texnologik kompaniyalarni jalb qilişning asosiy vositalaridan biri sifatida qayd etilgan.
Bunday maydonlar rezidentlari soliq imtiyozlaridan foydalanadi. Özbekistonda xorijiy investorlar va texnologik kompaniyalarga möljallangan Enterprise Uzbekistan maxsus huquqiy zonasi ham rivojlantirilmoqda.
IT Park ma’lumotlariga köra, 2026 yilning birinçi yarmida uning ekotizimida eksportga yönaltirilgan 607 ta yangi rezident paydo bölgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 177 foiz köp. Xorijiy kapital iştirokidagi yangi rezidentlar soni 154 foizga oşib, 297 taga yetgan. Umuman, ekotizimda xorijiy kapital iştirokidagi 1 200 dan ortiq kompaniya mavjud.
Ekotizim kompaniyalari 75 ta mamlakatda faoliyat yuritmoqda. Yangi xorijiy rezidentlar orasida AQŞ kompaniyalari eng köpçilikni taşkil etgan.
Jami 1 200 ta IT Park rezidenti xizmatlar va raqamli mahsulotlarni 102 ta mamlakatga eksport qilmoqda. Taqqoslaş uçun, 2017 yilda bunday kompaniyalar soni atigi sakkizta bölgan. Hozirgi eksport qiluvçilarning 315 tasi Özbekiston hududlarida faoliyat yuritadi.
Eksportning 54 foizi töğri keladigan Şimoliy Amerika eng yirik eksport bozori bölib qolmoqda.
Tadqiqot natijalarining Nyu-Yorkda taqdim etilişi IT Park Uzbekistan tomonidan mamlakatning texnologik salohiyatini amerikalik investorlar va hamkorlar orasida tarğib qiliş işlarining bir qismi böldi.
MIT Kuo Şarper Center for Prosperity and Entrepreneurşip — Massaçusets texnologiya instituti qoşidagi markaz bölib, u 2007 yilda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan.
Taşkilot ma’lumotlariga köra, şu vaqtgaça u 67 ta mamlakatdan 400 nafardan ortiq stipendiatni ham öz içiga olgan 600 dan ziyod innovatsiya yaratuvçisini qöllab-quvvatlagan. Uning stipendiatlari tomonidan taşkil etilgan kompaniyalar 17 milliondan ortiq mijozga xizmat körsatadi.