Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
Iqtisod 05/02/2025 Mirxamidov Mirziyod Kudratovich  “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi

Mirxamidov Mirziyod Kudratovich  “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining 2025 yil 21 yanvar kuni o‘tkazilgan majlisidagi qaroriga ko‘ra, Mirxamidov Mirziyod Kudratovich “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Mirxamidov Mirziyod Kudratovich 1990 yil 3 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 2011 yilda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Chuqursoy ishlab chiqarish uchastkasida yuk qabul qilib topshiruvchisi, Ekspeditorlik bo'limida muhandis lavozimlarida boshlagan. 

Mehnat faoliyati davomida O'zbekistondagi bir nechta yetakchi transport-logistika kompaniyalarida  yuqori lavozimlarda ishlagan va logistika yo'nalishida katta tajriba orttirgan. 

Bugunga qadar u “FIRST DRY PORT TERMINAL” MChJ kompaniyasida direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling