Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Moliya 12/02/2025 Mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi

Mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyev mikromoliya sektori rivojini rag‘batlantirish va uni bank tizimi bilan integratsiya qilishga qaratilgan qonunga imzo chekdi.

Qonunga muvofiq, mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari o‘rtasida ularni bog‘lovchi “zanjir”ni shakllantirish, shuningdek mikromoliya tashkilotlari uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslar, shu jumladan depozitlar jalb etish imkoniyati yaratiladi.

Bank xizmatlarini ruxsat etilgan shartlar asosida ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan mikromoliya banki instituti joriy etiladi.

Shuningdek, qonun bilan mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga va mikromoliya banklarini tijorat banklariga hamda aksincha transformatsiya qilish uchun huquqiy asos yaratilmoqda.

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagi kredit tashkilotlari o‘z faoliyatini o‘zgartirishi mumkin:

mikromoliya tashkiloti – mikromoliya banki faoliyatiga;

mikromoliya banki – bank faoliyatiga;

bank – mikromoliya banki faoliyatiga;

mikromoliya banki – mikromoliya tashkiloti faoliyatiga.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani Markaziy bank tomonidan berish belgilandi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling