Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Moliya 06/04/2025 “Mikrokreditbank” AJ va Yevropa investitsiya banki 40 million yevrolik kelishuv imzoladi

“Mikrokreditbank” AJ va Yevropa investitsiya banki 40 million yevrolik kelishuv imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Mikrokreditbank” AJ Yevropa investitsiya banki bilan 40 million yevro miqdoridagi memorandumni imzolagan O‘zbekistonning ilk tijorat banklaridan biriga aylandi.

Bu kelishuv 3–4 aprel kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti doirasida amalga oshirildi.

Imzolangan memorandumga muvofiq, “Mikrokreditbank” ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) tamoyillariga asoslangan faoliyatni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bank tomonidan taklif etiladigan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishi hamda mintaqada ekologik va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Memorandum bankka Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hukumatlari va xalqaro donor tashkilotlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda yangi imkoniyatlarni ochadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling