Migratsiya agentligi va “KAMAZ” o‘zbek ishchilari uchun mehnat shartnomasi imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev “KAMAZ” rahbariyati bilan o‘tkazgan uchrashuvda mutaxassislarni tashkiliy tartibda ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Ushbu kelishuv “Kamaz”da ishlash istagini bildirgan hamyurtlarimizni O‘zbekistonda kasb va tilga o‘qitish, tanlovlarni yana-da qulay sharoitlarda o‘tkazish va ishga joylashtirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Hozirda korxonada Agentlik tomonidan yuborilgan 500 nafardan ortiq yurtdoshimiz vaqtincha mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bu yerda asosan yuk avtomobillari, avtobus, turli hajmdagi dvigatellar, maxsus texnikalar ishlab chiqariladi.