Migratsiya agentligi Tataristonning yirik kompaniyalari bilan yettita shartnoma tuzdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi rahbariyati Tataristonda bir qator yangi hamkorlar bilan shartnomalar imzoladi.
Xususan, Tatarston Respublikasi Qurilish, arxitektura va kommunal xo‘jaligi vazirligida tashkil qilingan uchrashuvga hududdagi eng yirik qurilish kompaniyalari rahbarlari taklif qilindi va shu yerning o‘zida manfaantli kelishuvlarga erishildi.
Tatariston Savdo-sanoat palatasida o‘tgan uchrashuvga ham 30 ga yaqin tadbirkorlar taklif qilindi. Muloqot juda samarali kechdi. Shartnomalar imzolandi.
Umuman olganda, “Apgreyd staff”, “Kazanskiy DSK”, “Passajirskoye avtotransportnoye predpriyatiye №2”, “PPT Alabuga”, PAO “KAMAZ”, “Arteks Stroy Proyekt” va “KZTM” kabi qurilish, logistika, avtomobilsozlik, haydovchilik, ishlab chiqarish kabi sohalarga doir 7 ta kelishuv imzolandi va 11 mingta ish o‘rni aniqlandi.