Valyuta kurslari 19/08/2025
$1 – 12497.19
UZS – -0,4%
€1 – 14597.97
UZS – -0,46%
₽1 – 155.71
UZS – -0,83%
Qidirish
O‘zbekiston 15/08/2025 Migratsiya agentligi ogohlantiradi: xorijda harbiy harakatlarda ishtirok etganlik uchun qamoq jazosi qo‘llaniladi

Migratsiya agentligi ogohlantiradi: xorijda harbiy harakatlarda ishtirok etganlik uchun qamoq jazosi qo‘llaniladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Migratsiya agentligi fuqarolarni chet elda qurolli mojarolarda qatnashishdan qatʼiy ravishda tiyilishga chaqirib, bunday holat uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatdi.

Idora maʼlumotiga ko‘ra, ayrim davlatlarda mehnat migrantlarini harbiy harakatlarga jalb qilish holatlari ortib bormoqda.

Fuqarolarga qatʼiy ravishda taʼqiqlanadi: harbiy harakatlar hududlariga yaqinlashish, harbiy operatsiyalarda ishtirok etish, xorijiy davlatlarning qurolli kuchlari, xavfsizlik tuzilmalari, harbiy adliya organlari yoki boshqa kuch tuzilmalari safida xizmat qilish, shuningdek, shubhali yollash takliflarini qabul qilish.

Shubhali vaziyatlar yuzaga kelganda, darhol O‘zbekistonning diplomatik va konsullik muassasalariga yoki Migratsiya agentligi vakolatxonalariga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Jinoyat kodeksining 154¹-moddasiga ko‘ra, chet elda yollanma asosida harbiy xizmat o‘tash 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini nazarda tutadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling