Valyuta kurslari 04/07/2025
$1 – 12557.56
UZS – -0,27%
€1 – 14809.13
UZS – -0,08%
₽1 – 159.44
UZS – -0,46%
Qidirish
O‘zbekiston 03/07/2025 Migratsiya agentligi ishchi guruhi Slovakiya mehnat bozorini o‘rgandi

v

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi ishchi guruhi Slovakiyada mehnat bozori imkoniyatlarini o‘rganib, ish beruvchi tashkilotlar bilan keng ko‘lamli uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda asosan avtomobilsozlik, logistika, qurilish, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida O‘zbekiston fuqarolarini mehnat faoliyatiga jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Slovakiyalik ish beruvchilar tomonidan munosib maosh va yaxshi ish sharoitlari taklif etilmoqda.

Jumladan:

Krushovse shahridagi yetakchi avtomobilsozlik korxonalari ishlab chiqarish liniyasi operatorlari va karachilarni ishga jalb qilishni rejalashtirgan.

Tirana shahridagi yirik avtomobilsozlik zavodi ham joriy yilning to‘rtinchi choragida karachilar uchun tanlovlar tashkil etmoqchi. Bugungi kunda 120 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislar bu kompaniyada faoliyat olib bormoqda.

Bratislava shahridagi rekruting agentliklari joriy yilida avtomobilsozlik, qurilish, kran operatorligi sohalaridagi ishlarga hambrtlarimizni jalb qilishga tayyor.

Sanes va Bardeyov shaharlaridagi yirik logistika kompaniyalari haydovchilarni qabul qilyapti.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling