Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 14/04/2025 METRO Russia kompaniyasi O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiya savdo tarmoqlariga yetkazib berishdan manfaatdor

METRO Russia kompaniyasi O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiya savdo tarmoqlariga yetkazib berishdan manfaatdor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish maqsadida turli mamlakatlar ishbilarmon doiralari o'rtasida faol hamkorlik qilish uchun tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Shu tariqa, “Oziq-ovqat, ingredientlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2025” IV xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan "METRO Rossiya kompaniyasi" delegatsiyasining “Crafers”, “Candy Gold” va “BMB Holding” oziq-ovqat sanoati korxonalariga tashrifi tashkil qilindi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida Oʻzbekiston mahsulotlarini Rossiya savdo tarmoqlariga muntazam yetkazib berish masalalarini hal qilish, xaridorgir mahsulotlar roʻyxati va yetkazib berishning transport-logistika yoʻnalishlarini ishlab chiqish imkonini berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling