Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda 13-yanvar kuni Mehr va Oqibat hayvonlarni himoya qilish jamiyati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasining tashabbuskori Oliy Majlis deputati Yelena Babenko bo‘lib, hozirgi paytda mazkur hujjat Qonunchilik palatasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida ko‘rib chiqilmoqda.
Loyiha doirasida deputat bilan hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari vakillari uchrashuv o‘tkazib, hujjatning asosiy qoidalari va ularni amaliyotga joriy etish yo‘llarini muhokama qildilar.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 26-avgustdan boshlab, O‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabat qilganlik, ularning o‘limiga yoki shikastlanishiga sabab bo‘lgan harakatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun kuchga kirgan edi.
Mazkur qonunga ko‘ra, shunday harakatlarni sodir etgan fuqarolar 12,25 million so‘mgacha jarima yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.