Valyuta kurslari 21/05/2025
$1 – 12892.91
UZS – 0,27%
€1 – 14512.26
UZS – 0,05%
₽1 – 160.34
UZS – 0,39%
Qidirish
O‘zbekiston 18/04/2025 MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi

MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining bahorgi sessiyasi tadbirlarida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi Parlamentlararo Assambleya Kengashining majlisida ishtirok etdi.

Kengash majlisining kun tartibidagi masalalar muhokamasiga o‘tishdan avval Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi raisi, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federal Kengashi Raisi V.Matviyenko Parlamentlararo ittifoqning Toshkent shahrida o‘tkazilgan 150-yubiley assambleyasi va uning natijalariga to‘xtalib, mazkur anjumanning yuqori saviyada tashkil etilgani, qabul qiluvchi tomonning mehmonlarni qabul qilish va tadbir o‘tkazishdagi yuksak mahorati hamda masʼuliyatini alohida eʼtirof etdi hamda Tanzila Kamalovnani va uning jamoasini ushbu nufuzli tadbirni yuksak darajada o‘tkazgani bilan tabrikladi.

O‘z navbatida, Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbayeva  mazkur Assambleya MDH davlatlari parlament delegatsiyalarining faol ishtiroki, ularning qabul qilingan hujjatlarga qo‘shgan hissasi hamda ilgari surgan takliflari muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Shuningdek, kelgusida ham bunday yirik xalqaro anjumanlarni o‘tkazishda hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanini alohida taʼkidladi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar MDH PA xalqaro kuzatuvchilarining Belarus Respublikasi Prezidenti saylovi va Tojikiston parlament saylovi monitoringi natijalariga eʼtibor qaratdilar.

Xususan, MDH PA missiyasi koordinatori, Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi  A.Eshmuratovning 2025-yil 2-mart kuni Tojikiston parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovni kuzatish natijalari to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tdi.

Shuningdek, Kengash majlisida MDH Parlamentlararo Assambleyasining 2024-yildagi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro sammitlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling