Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Amerikalik milliarder Ilon Mask, agar tug‘ilish darajasining pasayishini to‘xtatish imkoni topilmasa , insoniyat Yerning keng hududlaridan yo‘qolib ketishi mumkinligini ma’lum qildi.
U o‘z fikrini X ijtimoiy tarmog‘ida, shved jurnalisti Peter Emanuelsenning Yevropa ayollari uchun tug‘ilishni ko‘paytirish maqsadida soliq ta’tillarini joriy etish taklifini izohlar ekan bildirgan.
«Sinab ko‘rish kerak. Biror narsa o‘zgarishi shart, aks holda Yevropa va Osiyo (va Yerning katta qismi) yo‘qolib ketadi!» — deb ta’kidladi Mask.
Avvalroq, o‘tgan yil aprel oyida Mask oxirgi o‘ttiz yil ichida farzandli yosh amerikaliklar ulushining keskin pasayishini AQSH uchun mutlaqo halokatli vaziyat deb atagan edi.
Shuningdek, dekabr oyida u Germaniya va Yevropada tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pastligi tufayli yo‘qolib ketish xavfi borligini aytgan edi.