Markaziy bankda Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank rahbariyati Xalqaro moliya korporatsiyasining Markaziy Osiyo va Turkiya bo‘yicha mintaqaviy direktori Vibke Shloemer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida tomonlar moliyaviy sohaga doir bank va nobank sektorlarini hamda infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, kichik va o‘rta biznesning turli toifalari uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, faktoring loyihalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, mikromoliyalashtirish va xedjerlash bozoriga yangi ishtirokchilarni jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar bozor ishtirokchilari, xalqaro hamkorlar, tegishli idoralar hamda regulyator o‘rtasidagi doimiy hamkorlik ahamiyatli ekanligini alohida ta’kidladilar.