Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Moliya 10/02/2025 Markaziy bankda Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Markaziy bankda Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank rahbariyati Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Markaziy bank rahbariyati tomonidan so‘nggi yillarda bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijalari hamda moliya sektorini yana-da rivojlantirish, aholi hamda kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun bank xizmatlari ommabopligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida Buyuk Britaniyaning moliyaviy muassasalari bilan hamkorlikni yana-da kengaytirish yo‘nalishlari muhokama qilindi, xususan, bank isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, mikromoliya sektorini rivojlantirish, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar shuningdek, mutaxassislarni o‘qitish hamda tadqiqot salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling