Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Moliya 16/12/2024 Markaziy bank: O‘zbekistonning yettita banki tizimli ahamiyatga ega deb tan olingan

Markaziy bank: O‘zbekistonning yettita banki tizimli ahamiyatga ega deb tan olingan.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2023-yil 18-fevraldagi 4/13-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan 2025-yil uchun tizimli ahamiyatga molik banklar ro‘yxatini tasdiqladi. 2024-yil 1-oktyabr holatiga ularning O‘zbekiston bank tizimining aktivlardagi ulushi 67 foizni tashkil etmoqda.

Tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalanildi: bankning aktiv va majburiyatlari hajmi, bankning bank tizimi ishtirokchilari bilan o‘zaro bog‘liqligi, bankning qamrovi va bank operatsiyalari murakkabligi.

Tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash bo‘yicha hisob-kitob natijalariga ko‘ra, Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan quyidagi banklar 2025-yil uchun mahalliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida belgilanmoqda: “O‘zmilliybank” AJ, “Agrobank” ATB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, AT “Xalq banki”, “Ipoteka-bank” ATIB, “Kapitalbank” ATB va“Asakabank” AJ.

O‘z navbatida, tizimli ahamiyatga molik deb topilgan banklar uchun alohida bank nazorati o‘rnatiladi. Tizimli ahamiyatga molik banklarning to‘lovga qobiliyatli bo‘lishi nafaqat moliya tizimining, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling