Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda ikki yangi mikromoliya tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Markaziy bank SAFARI ARENA FINANCE MIKROMOLIYA TASHKILOTI MCHJni ro‘yxatdan o‘tkazish haqida qaror qabul qildi.
Shuningdek, BARAKA BIZNES HAMKOR MIKROMOLIYA TASHKILOTI MCHJ ham mikromoliya tashkiloti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Ikki kompaniya ham mikromoliya faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritildi.
2024-yilning 13-noyabri holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mikrokredit tashkilotlari soni 101 taga yetgan.