Markaziy bank 2025 yil yakunida inflyatsiya darajasini 7–8% atrofida bo‘lishini kutmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bankning yangilangan prognozlariga ko‘ra, 2025 yil yakuniga kelib umumiy inflyatsiya darajasi 7–8% atrofida bo‘lishi kutilayotganini maʼlum qildi.
Markaziy bank hisobotida qayd etilganidek, pul-kredit siyosati yo‘nalishini aniqlovchi asosiy omillardan biri ayrim o‘zgarishlarning bazaviy inflyatsiyaga ikkinchi darajali taʼsir darajasi bo‘ladi.
2025 yilda mamlakat iqtisodiyoti yuqori surʼatlarda o‘sishni davom ettirishi kutilayapti, bunda yalpi ichki mahsulotning (YAIM) o‘sishi yil oxiriga kelib taxminan 6% ni tashkil qiladi. Bu o‘sishda xususiy investitsiyalar muhim o‘rin tutib, tovar va xizmatlar taklifining kengayishiga yordam beradi.
Shu bilan birga, jahon bozorida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishi xavfi yaqin oylarda import orqali qo‘shimcha inflyatsion bosimni yuzaga keltirishi mumkin.
2024 yilning oxirgi oylarida milliy valyutaning real samarali kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik bo‘lgani qayd etilgan. Bu savdo hamkorlarining ayrim valyutalari qadrsizlanishi va O‘zbekistondagi inflyatsiya darajasi ularnikiga nisbatan yuqori bo‘lgani bilan izohlangan.
Markaziy bankning prognozlariga ko‘ra, 2025 yilning ikkinchi yarmida real samarali kurs inflyatsiya darajasining pasayishi bilan birga o‘rta muddatli tendensiyaga qaytishi kutilmoqda.
O‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bank inflyatsiyani 5% maqsadli darajaga tushirish uchun nisbatan qatʼiy pul-kredit siyosatini yuritish niyatida.
Shu bilan birga, agar iqtisodiyotda yalpi talab va inflyatsion bosim kutilayotganidan tezroq o‘sish belgilari paydo bo‘lsa, monetar siyosatning qatʼiylik darajasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.