Valyuta kurslari 28/08/2025
$1 – 12412.98
UZS – 0,47%
€1 – 14386.64
UZS – 0,01%
₽1 – 154.28
UZS – 0,23%
Qidirish
Sport 28/08/2025 «Manchester Siti» muxlislari Xusanovning jismoniy holatini tanqid qildi

«Manchester Siti» muxlislari Xusanovning jismoniy holatini tanqid qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Angliyaning «Manchester Siti» klubi muxlislari o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Xusanovning jismoniy holatini tanqid ostiga olishdi.

Mazkur bahs ijtimoiy tarmoqlarda APLning ikkinchi turida “Tottenhem”ga qarshi o‘yin translyatsiyasida futbolchi kadrlarda ko‘ringanidan so‘ng avj oldi.

Tomoshabinlar maydonga tushmagan futbolchining vazni ortib qolganiga eʼtibor qaratdi. Ayrim muxlislar uni hazil tariqasida “pirojok”ga o‘xshatishdi.

“Etixad”da o‘tgan uchrashuv “Tottenhem”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Xusanov bellashuvda ishtirok etmadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling