Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Angliyaning "Manchester City" klubi Fransiyaning "Lans" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda mashhur futbol insayderi Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Insayderning ma’lumotiga ko‘ra, "shaharliklar" Yevropaning yetakchi klublari qatoridan chiqib, yosh o‘zbek futbolchisining ajoyib o‘sishini kuzatib, uni qishgi transfer ro‘yxatiga qo‘shgan. Ular futbolchini sotib olish borasida dastlabki muzokaralarni boshladi.
Abduqodir Husanovga "Manchester City"dan tashqari Yevropaning boshqa yetakchi klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Husanov 2023-yilning yozida Belarusning "Energetik-BGU Minsk" klubidan "Lans" jamoasiga to‘rt yillik shartnoma asosida o‘tgan edi. Kamtarona transferga qaramay, 20 yoshli futbolchi tezda Yevropa himoyachilarining eng umidlilari qatoridan joy oldi.
Uning bu yilgi Liga 1 mavsumidagi ajoyib o‘yini "Newcastle United" va "Tottenham Hotspur" kabi klublarning e’tiborini jalb qildi. "Newcastle" hozircha "Lans" bilan muzokaralarni boshlash haqida qaror qabul qilmagan bo‘lsa, "Tottenham" rasmiy taklif tayyorlayotgani haqida xabar berilmoqda.
Shuningdek, Husanov uchun kurashga "Paris Saint-Germain" va "RB Leipzig" ham qo‘shilgan.
Husanovning salohiyatini yaxshi tushungan mashhur super-agent Xorxe Mendesh uning ilk yirik transferini tashkil etishni o‘z zimmasiga oldi. Mendeshning futbol olamidagi keng aloqalari "Lans" klubiga o‘z yulduzini qishki transferlar davrida foydali sotishga yordam berishi mumkin.