Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank rahbarligidan ketishi mumkin
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Markaziy bank raisi lavozimidan ozod etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mamarizo Nurmuratovni Markaziy bank raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi taqdimnomani Oliy Majlis Senatiga yubordi.
Eslatib o‘tamiz, Mamarizo Nurmuratov 2017-yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelmoqda.