Valyuta kurslari 07/02/2025
$1 – 12969.84
UZS – -0,12%
€1 – 13436.75
UZS – -0,55%
₽1 – 133.97
UZS – 1,32%
Qidirish
Turizm 06/02/2025 Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi “Umra plus” yo‘nalishlari ishlab chiqiladi

Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi “Umra plus” yo‘nalishlari ishlab chiqiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasida Malayziya turizm assotsiatsiyalari, xususan Islom turizm markazi (ITC), Malayziyadagi Bumiputera turoperatorlari assotsiatsiyasi (BIMUTRA), Umra va Haj sayohatlari bo‘yicha mamlakatning yetakchi turkompaniyalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotlar doirasida Malayziya aholisi uchun "Umra plyus" paketlarini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, transchegaraviy yo‘nalishlarni joriy etish va muvaffaqiyatli tajribalar bo‘yicha fikr almashildi.

Davra suhbati yakunida Malayziya turistik sektori va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun O‘zbekistonga info-turlar tashkil etish, shuningdek, Malayziya tomoni ishtirokida yangi turizm dasturlari va “Umra plyus” marshrutlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling