Valyuta kurslari 02/12/2024
$1 – 12852.00
UZS – -0,1%
€1 – 13569.14
UZS – 0,14%
₽1 – 118.99
UZS – 1,94%
Qidirish
Madaniyat 10/11/2024 Madaniy hamkorlikning yangi ufqlari

Madaniy hamkorlikning yangi ufqlari

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy almashinuv sohasida ikki mamlakat merosini asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilgan mustahkam hamkorlikka urg‘u berildi.

Yaqinda Arab dunyosi institutida “Samarqandga yo‘l” va Luvrda tashkil etilgan, O‘zbekistonning boy merosini aks ettiruvchi noyob osori-atiqalardan iborat ko‘rgazmalar fransuz jamoatchiligida ilk bor salmoqli qiziqish uyg‘otgani buning yorqin dalilidir.

Uchrashuvda tomonlar madaniy merosni asrab-avaylashda muhim rol o‘ynaydigan yodgorlik va osori atiqalarni restavratsiya qilish sohasida hamkorlikni davom ettirishni muhokama qildilar. Restavratsiya sohasidagi yaqin sheriklikni chuqurlashtirish va tajriba almashish uchun zalvorli qadamga aylanuvchi Toshkent shahrida Fransiya milliy meros instituti (INP) filialini ochish rejalariga ham to‘xtalindi.

Shuningdek, Fransiya delegatsiyasining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh Assambleyasining 43-sessiyasidagi ishtiroki muhokama qilindi, bu esa xalqaro maydonda hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanlikni ta’kidlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling