Ma Sinjuy xorijiy OAVni Sinszyanga tashrif buyurishga taklif qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 7 mart kuni Xitoyning «Ikki sessiya» doirasida o‘tkazilgan Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini sessiyasida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining siyosiy byuro aʼzosi va Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya qo‘mitasining kotibi Ma Sinjuy xorijiy ommaviy axborot vositalarini Sinszyanga tashrif buyurishga chaqirdi.
Ma Sinjuy genotsid va majburiy mehnat haqidagi ayblovlarni keskin rad etib, shunday dedi:
❝ Qanday majburiy mehnat, qanday genotsid? Bularning hech biri yo‘q! Men barcha hurmatli jurnalistlarni Sinszyanga kelishga, uning ko‘chalarida yurishga, o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga va haqiqiy vaziyatni his qilishga taklif qilaman. Ayrim OAV tomonidan Sinszyanni qoralashga qaratilgan soxta xabarlarga ishonmang. ❞
Bu taklif Xitoy rahbariyatining ochiqlik va shaffoflikka intilishini hamda mintaqadagi haqiqiy vaziyatni dunyo jamoatchiligiga namoyon qilish istagini taʼkidlaydi.