Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Iqtisod 04/03/2025 Lucca Gold Factory O‘zbekistonda zargarlik korxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Lucca Gold Factory O‘zbekistonda zargarlik korxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Muhtaram Prezidentimiz o‘tgan yili 25-26 mart kunlari  Namangan viloyatiga tashrifida Yangi Namangan tumanidagi “Gavhar grup” zargarlik korxonasi faoliyati bilan tanishgan, viloyatda sohani rivojlantirish borasida ko‘rsatmalar bergan edilar.

Oradan o‘tgan bir yil davomida Namanganda sohada katta o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, Turkiya tajribasi asosida Namanganda oltinni qayta ishlash va sotish bo‘yicha yirik markazni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.

Turkiyaning “LUCCA GOLD FACTORY” kompaniyasi oltinni qayta ishlash bo‘yicha dunyoda o‘ziga xos nufuz va tajribaga ega. Kompaniya direktori YALÇIN AKIN boshchiligidagi delegatsiya viloyatimizga keldi.

Mehmonlarni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qabul qildi.

O‘zaro muloqotda Namanganda xorijiy kompaniya ishtirokida tilla mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Samimiy o‘tgan suhbatda Namanganda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun juda katta salohiyat borligi taʼkidlandi.

Yangi tashkil etilayotgan “NAMANGAN GOLD FACTORY” korxonasi uchun 5 mln. AQSH dollari miqdorida xorij investitsiyasi kiritilishi rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda mehmonlar viloyat markazidan xorijiy korxona uchun maʼqul joylar bilan tanishmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling