Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Litvada ishchi kuchiga bo‘lgan talab yuqori, biroq migratsiya jarayonlarini tartibli tashkil etish muhim.
Bu haqda Litva Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Alisiya Sherbaite va Migratsiya departamenti direktori Evelina Gudzinskayte o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokarada ta’kidlandi.
Vilnyus shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, O‘zbekiston fuqarolariga ishchi vizani taqdim etish davrini qisqartirish masalasi ko‘rib chiqildi (hozirda 3 oydan ortiq).
Migratsiya agentligi va Tashqi ishlar vazirligi Litvada ishlamoqchi bo‘lgan hamyurtlarimizga “QR kod” xizmatini ko‘rsatadi va bu orqali Litva tomoni fuqarolarimizga qisqa muddatda ish vizasini taqdim qiladi. Bu borada tegishli hujjat imzolanadi.