Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
O‘zbekiston 30/12/2024 Kusherboyev: «Dok-1 Maks» va «Ambronol»dan jabr ko‘rganlar hamda jabrdiydalarning oilalari to‘liq miqdorda kompensatsiya olmagan

Kusherboyev: «Dok-1 Maks» va «Ambronol»dan jabr ko‘rganlar hamda jabrdiydalarning oilalari to‘liq miqdorda kompensatsiya olmagan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Dok-1 Maks” va “Ambronol” preparatlaridan jabrlangan oilalarga hanuzgacha to‘liq kompensatsiya to‘lanmagan, deb xabar beradi ekologiya vaziri maslahatchisi va sobiq deputat Rasul Qo‘sherboyev.

U o‘zining Telegram-kanalida, 2022-yil dekabr oyida Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilarini qabul qilganidan so‘ng 70 ga yaqin bolaning vafoti haqida ma’lum qilinganini eslatdi.

Rasul Qo‘sherboyev ta’kidlashicha, ayni vaqtda ushbu dorilardan zaharlanib, sog‘lig‘ini yo‘qotgan va nogiron bo‘lib qolgan bolalar orasida davolanishni davom ettirishi zarur bo‘lganlari ham bor, ammo ular mablag‘ yetishmovchiligi sabab navbatdagi muolajalarni ololmayapti.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil fevralida sud nomlari zikr etilgan dorilarni ichish oqibatida sog‘lig‘i o‘ta og‘ir ahvoldagi bolaning har biriga 1 mlrd so‘mdan, sog‘lig‘i qoniqarli bo‘lgan bolaning 4 bolaning har biriga 500 mln so‘mdan hamda sog‘lig‘i yaxshilangan 8 bolaning har biriga 200 mln so‘mdan ma’naviy zarar undirish haqida hukm chiqargan edi. Shuningdek, noyabr oyidagi sud jarayoni yakuniga ko‘ra, hayoti uchun xavfli tan jarohatlari olgan yana 5 nafar bolaning har biriga 1 mlrd so‘mdan kompensatsiya to‘lash haqida hukm chiqargan.

"Ammo bu kompensatsiya pullari hali to‘liq to‘lab berilgani yo‘q. Bir qator bolalarning hayoti esa aynan shu kompensatsiya pullarining tezroq berilishiga bog‘liq. Bu muolajalar orqali ko‘rmay qolgan bolalar ko‘rishni, eshitmay qolgan bolalar eshitishni, yurolmay qolganlari esa yurishni boshlashi mumkin."-ta’kidladi Kusherboyev.

"Mas’ullar bu bolalarni unutib yuborishgan ko‘rinadi. Shuncha bola o‘lishiga aybdor mansabdorlar hech bo‘lmasa xalqdan kechirim so‘rab qo‘yishgani ham yo‘q! Balki buni unutishgandir. Agar shunday bo‘lsa biz yana eslatayapmiz." -dedi u.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling