Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 19/02/2025 Kristofer Daggan Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Kristofer Daggan Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kanada elchisi Kristofer Dagganning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Kristofer Daggan shuningdek, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonda ham Kanada elchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Uchrashuv davomida Baxtiyor Saidov O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning tashqi siyosati faollashayotganini qayd etdi va mintaqaning jahon sahnasidagi o‘rni kengayib borayotganini taʼkidladi.

«Biz O‘zbekiston-Kanada munosabatlarini rivojlantirishda ulkan salohiyatni ko‘ramiz. Janob elchining faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lishini va ikki mamlakat o‘rtasidagi mavjud aloqalarni mustahkamlashda, yangi hamkorlik ko‘priklarini yaratishda samarali ish olib borishini tilaymiz», — dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling