Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Moliya 21/08/2025 Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrini yuritish tartibi belgilandi

Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrini yuritish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori (522-son, 20.08.2025 y.) bilan “Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, maʼlumotlarni mazkur reyestrga kiritish yoki chiqarish bo‘yicha arizalar YAIDXP (my.gov.uz), davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali taqdim etiladi.

Ariza beruvchi o‘zi kelib, kredit byurosiga yozma murojaat etganda, ariza beruvchiga QR-kod qo‘yilgan maʼlumotnoma beriladi.

Davlat xizmatlari markazlari xizmatning natijasini u kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa ichida ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi maʼlumotlar shaxslarning kredit tarixida aks ettirib boriladi.

Davlat xizmatlari markazlari va kredit byurolari olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling