Valyuta kurslari 01/04/2025
$1 – 12937.16
UZS – 0,19%
€1 – 13937.20
UZS – 0,2%
₽1 – 154.55
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekiston 28/03/2025 Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi

Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, kreativ industriya parki hududlarda uning filiallari hamda ularda kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil etiladi.

2025 yil 1 maydan 2031 yil 1 yanvargacha kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:

ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘laydi;

tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qatʼi nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritiladi. Bunda ular o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.

Bundan tashqari, xorijiy tillar bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga 2 yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling