Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 11/04/2025 Koreyaga ishga yuborish masalalari muhokama qilindi

Koreyaga ishga yuborish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Won Do Yeon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda, o‘zbekistonliklarni Koreyada ish bilan taʼminlash va bu boradagi fuqarolarimizni murojaatlarini birgalikda hal qilish, EPS-TOPIK imtihonlarini viloyatlarda ham tashkil qilish, Koreyaga professional va mavsumiy vizalar bilan ham ishga yuborish, Koreyada nolegal ishlashdek salbiy vaziyatni oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, bu mamlakatga ketadigan nomzodlarga ish beruvchilar talabi asosida koreys tilini o‘qitishni kuchaytirish zarurligiga katta eʼtibor qaratildi.

Elchi janoblari SPAS elektron bazasiga kiritilgan, ammo ish beruvchi tomonidan tanlanmayotganlarning murojaatlaridan tashvishda ekanligini bildirib, masalani ijobiy hal qilishda bor imkoniyatini ishga solishini aytib o‘tdi. Shuningdek, Koreya ish beruvchilari o‘zbekistonliklarni ko‘proq tanlashlari uchun ishlashga borayotganlar mehnat shartnomasiga qatʼiy amal qilishlarini taʼminlash muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida, ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya jarayonlarini qonuniy va xavfsiz amalga oshirish, imkoniyatlarni yana-da kengaytirishga kelishildi.

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston 2007 yildan buyon Koreyaning Employment Permit System (EPS) dasturida ishtirok etadi va o‘tgan davrda 48 ming hamyurtimiz ishga yuborilgan bo‘lib, 2024 yiling o‘zida mamlakatimizga 534 million AQSH dollari pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling