Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 6-noyabr kuni Davaktiv agentligida “Lotte” korporatsiyasi (Koreya Respublikasi) tarkibiga kiruvchi “Hotel Lotte Co., Ltd” kompaniyasining bosh direktori Kim Tae Hong boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, Davaktiv agentligi direktori so‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev boshchiliklarida iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va unda davlat ulushini qisqartirish bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilayotganligi, ushbu islohotlar doirasida tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq Toshkent shahridagi “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasini xususiylashtirish jarayonlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Shu o‘rinda, Kim Tae Hong O‘zbekistonda “Hotel Lotte Co., Ltd” kompaniyasi faoliyat olib borishidan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda jadal olib borilayotgan xususiylashtirish jarayonlari doirasida, shuningdek, mehmonxonalarni boshqarish sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.