Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
Moliya 24/03/2025 Kaspi Qozog‘istondan Uzcard va Humo kartalariga o‘tkazmalarni yo‘lga qo‘ydi

Kaspi Qozog‘istondan Uzcard va Humo kartalariga o‘tkazmalarni yo‘lga qo‘ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qozog‘istonning moliyaviy texnologiyalar xizmati Kaspi endi o‘zbek to‘lov tizimlari Uzcard va Humo kartalariga pul o‘tkazish imkoniyatini ishga tushirganini eʼlon qildi.

Avval foydalanuvchilar Qozog‘istondan O‘zbekistonga faqat VISA va Mastercard kartalari orqali pul yuborishlari mumkin edi.

Endi Kaspi superilovasi egalari faqat karta raqamini kiritish orqali o‘tkazmalarni amalga oshirishlari mumkin — tizim avtomatik tarzda qabul qiluvchining ismini ko‘rsatadi.

Kompaniya ushbu yangilik ikki mamlakat o‘rtasidagi moliyaviy operatsiyalarni yana-da qulay va tezkor qilishini taʼkidlamoqda.

«Qozog‘iston va O‘zbekistonni mustahkam do‘stlik, qarindoshlik, biznes va madaniy aloqalar bog‘lab turadi. Odamlar shaxsiy va ish yuzasidan bir-birini tez-tez ziyorat qiladilar va ular uchun ishonchli pul o‘tkazmalari muhim ahamiyatga ega. Biz mamlakatlarimiz hamkorligini mustahkamlashga o‘z hissamizni qo‘shishdan xursandmiz», — dedi Kaspi bosh direktori va hammuassisi Mixail Lomtadze.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling