Valyuta kurslari 22/01/2025
$1 – 12984.44
UZS – 0,07%
€1 – 13442.79
UZS – 0,52%
₽1 – 129.90
UZS – 1,78%
Qidirish
Iqtisod 21/01/2025 Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi

Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston qonunchiligiga qator o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kirituvchi qonunni imzoladi.

Qonunga ko‘ra, “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yuridik shaxslarga O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziya asosida amalga oshirish huquqi beriladi.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi va O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik uchun jarimalar miqdorlari belgilanmoqda.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida mineral o‘g‘itlarning va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni hamda O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalaganlik uchun davlat boji miqdorlari belgilanmoqda.

Bunda davlat boji, mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun BHMning 2 baravari, O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalaganlik uchun BHMning 3 baravari etib belgilandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling