Valyuta kurslari 17/06/2025
$1 – 12715.13
UZS – -0,35%
€1 – 14730.48
UZS – 0,17%
₽1 – 161.75
UZS – 1,04%
Qidirish
Texnologiyalar 17/06/2025 Karamay shahrida ShHTga aʼzo davlatlar AKT boʻlimlari rahbarlarining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Karamay shahrida ShHTga aʼzo davlatlar AKT boʻlimlari rahbarlarining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 17-iyun kuni Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Karamay shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv davomida ShHT doirasida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, sunʼiy intellekt, katta maʼlumotlar, bulutli hisob-kitoblar, aqlli shahar texnologiyalari kabi ilg‘or raqamli yechimlarni joriy etish, shuningdek, axborot xavfsizligi, raqamli infratuzilma, davlat boshqaruvi va raqamli iqtisodiyot sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Yigʻilish yakunida SHHTga aʼzo davlatlar o‘rtasida raqamli transformatsiya sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Harakatlar rejasi qabul qilindi. 

Harakatlar rejasining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

– Raqamli transformatsiya siyosati bo‘yicha hamkorlik 
– Raqamli infratuzilma rivoji 
– Raqamli hukumatni joriy etish 
– Bulutli hisob-kitoblar bo‘yicha hamkorlik 
– Kichik va o‘rta biznesni raqamlashtirish 
– Raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish
– Kadrlar almashinuvi va mutaxassislar tayyorlash

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling