“Kapitalbank”ning sof foydasi 2024 yil yakunlari bo‘yicha 1,8 trln so‘mdan oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yil yakunlari bo‘yicha “Kapitalbank”ning xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) asosidagi sof foydasi 1,8 trln so‘mdan oshdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 8% o‘sishni tashkil etdi.
Bankning aktivlari yil davomida 13,4%ga o‘sib, 47,1 trln so‘mga yetdi. Kapital 38,3%ga oshib, 5,7 trln so‘mni tashkil etdi, taqsimlanmagan foyda esa 45%ga o‘sib, 4,8 trln so‘mga yetdi.
Bankning foizli daromadlari 41,7%ga o‘sib, 6,8 trln so‘mni tashkil etdi, komissiyalik daromadlari esa 17,4%ga o‘sib, 5,7 trln so‘mga yetdi.
Jismoniy shaxslarning depozitlari yil davomida 37,2%ga oshib, rekord darajadagi 21,4 trln so‘mga yetdi. Kredit portfeli esa 6,3%ga o‘sib, 31,6 trln so‘mni tashkil qildi.