Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 29-dekabr kuni Kanadaning Galifaks shahri aeroportida PAL Airlines aviakompaniyasining Air Canada Express 2259 reysini bajarayotgan samolyoti favqulodda qo‘nish amalga oshirdi. News.ru portali ma’lumotiga ko‘ra, qo‘nish vaqtida havo kemasining qanoti uchish-qo‘nish yo‘lagiga urilgan va bu samolyotning bir qismida yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan.
Havo kemasi bortida yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari bo‘lgan, ammo, NGS.ru ma’lumotlariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Hamma yo‘lovchilar tezkor evakuatsiya qilingan va yong‘in o‘chiruvchilar yong‘inni qisqa fursatda bartaraf etgan.
PAL Airlines — Kanadadagi mintaqaviy aviakompaniya bo‘lib, uning bosh ofisi Sent-Djons aeroportida joylashgan. Bu haqda Wikipedia ma’lumot bermoqda.
Hozirgi vaqtda hodisa sabablarini o‘rganish bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.