“Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish - JDS” beg‘araz yordam dasturi doirasida Almashinuv notalarining imzolanishi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 27-avgust kuni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob XATORI Takashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vaziri janob Kongratbay SHARIPOV Yaponiya hukumatining beg‘araz yordam dasturi doirasida jami 422 million iyen miqdoridari (taxminan 2.8 mln AQSH dollari) “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish” (yosh davlat ishchilari uchun Yaponiyada tahsil olish dasturi) bo‘yicha Almashinuv notalarini imzoladilar. Shu bilan birga, Vazir janob SHARIPOV va JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob BITO Yoshibumi loyiha bo‘yicha Grant shartnomasini imzoladilar.
Mazkur hamkorlik doirasida 2026-yilda O‘zbekistonning yosh davlat xizmatchilaridan 18 nafari Yaponiya universitetlarida magistratura (2 yil) va 1 nafari doktorantura (3 yil) bosqichida ta‘lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning natijasida, O‘zbekiston kelajagini yuksaltiradigan yosh kadrlar mamlakatning rivoji va taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan mutaxassislik bilimlarini egallashi hamda hukumat siyosatini ishlab chiqishda hissa qo‘shishi kutilmoqda. Shuningdek, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ham kutilmoqda.
2022-yil dekabr oyida Tokioda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqotini tashqi ishlar vazirlarining 9-yig‘ilishida Yaponiya erkin va ochiq Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotga erishish maqsadida “Insonga sarmoya kiritish” hamda “O‘sish sifati”ga asoslangan yangi hamkorlik modelini rivojlantirishga qaror qildi. Mazkur dastur ushbu ikki yo‘nalishni ham o‘zida mujassam etgan.
Ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Yaponiya Hukumati O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirish niyatida.