Valyuta kurslari 19/08/2025
$1 – 12497.19
UZS – -0,4%
€1 – 14597.97
UZS – -0,46%
₽1 – 155.71
UZS – -0,83%
Qidirish
Iqtisod 19/08/2025 Jizzax viloyatida katta miqdorda pora olgan hokim o‘rinbosari qo‘lga olindi

Jizzax viloyatida katta miqdorda pora olgan hokim o‘rinbosari qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jizzax viloyatida tuman hokimining o‘rinbosari katta miqdorda pora olganlikda gumon qilinib qo‘lga olindi, deya xabar berdi DXX matbuot xizmati.

Hodisa iyun oyida Forish tumanida sodir bo‘lgan. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, mansabdor shaxs qishloq xo‘jaligi korxonasidan auksionda yutilgan 204 gektar sug‘oriladigan yerdan foydalanish huquqini saqlab qolishda ko‘mak berish evaziga 30 ming dollar talab qilgan. U, agar talab bajarilmasa, yer maydonini tuman zaxirasiga olib qo‘yish bilan tahdid qilgan.

Pora berish sxemasiga ko‘ra, 20 ming dollar darhol, qolgan 10 ming dollar esa hosil yig‘imidan so‘ng topshirilishi kerak edi.

Hokim o‘rinbosari mablag‘ning birinchi qismini olayotganda qo‘lga olindi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda yirik miqdordagi firibgarlik) va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda yirik miqdorda pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchi qamoqqa olingan bo‘lib, unga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda. Tergov ishlari boshlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling