Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchini tayinladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Davlat rahbarining farmoniga ko‘ra, Ergash Saliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimidan boshqa ishga o‘tgani sababli ozod etildi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib Ulug‘bek Mustafoyev tayinlandi. U bunga qadar "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimini egallab kelgan.