Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 14/03/2025 Jizzax shahri uchun 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Jizzax shahri uchun 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy harakat tarkiblari (yangi avtobuslarni) olib kelish ishlari davom etmoqda.

Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Jizzax orient trans" XK tomonidan XXR ishlab chiqarilgan 30 dona zamonaviy Zhongtong rusumli avtobuslari olib kelindi.

Ushbu avtobuslar Jizzax shahridagi 3 ta yangi yo‘nalishlarga brutto-shartnomasi asosida joylashtirilishi rejalashtirilgan.

1-yo‘nalish: 107-sonli "Zilol MFY – Nurafshon MFY" yo‘nalish.

2-yo‘nalish: 110-sonli "So‘g‘diyona MFY – Uchariq MFY" yo‘nalish.

3-yo‘nalish: 113-sonli "Jizzax ASHB – Tovar XAB" yo‘nalish.

Joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 60 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling