Valyuta kurslari 16/07/2025
$1 – 12778.12
UZS – 0,62%
€1 – 14931.23
UZS – 0,56%
₽1 – 164.01
UZS – 1,14%
Qidirish
Iqtisod 08/07/2025 Jilin Shengde O‘zbekistondagi kompleks taraqqiyotda ishtirok etishga tayyor

Jilin Shengde O‘zbekistondagi kompleks taraqqiyotda ishtirok etishga tayyor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Jilin Shengde Investment Group Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Liu Lijun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda viloyatimizda xizmat ko‘rsatish, qurilish yo‘nalishidagi loyihalar va kelgusi istiqbollar muhokama qilindi.

Viloyat hokimi hududlarda yangi massivlar, turar joylar, ko‘ngilochar maskanlar va infratuzilma obyektlari qurilayotganini, bu jarayonda xorijiy kompaniyalar faol ishtirok etayotganini taʼkidladi.

“Jilin Shengde Investment Group Co., Ltd” kompaniyasining qurilish sohasidagi ilg‘or tajribasi va yirik loyihalarni amalga oshirishdagi salohiyati eʼtirof etildi.

Kompaniya loyiha ishlab chiqish, rejalashtirish, loyihalash, tender jarayonlari, qurilish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish kabi barcha bosqichlarni qamrab olgan to‘liq ish jarayonini samarali boshqarish imkoniyatiga ega ekani maʼlum qilindi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling