Valyuta kurslari 30/01/2025
$1 – 12968.34
UZS – -0,05%
€1 – 13492.26
UZS – -0,36%
₽1 – 132.32
UZS – -0,56%
Qidirish
Iqtisod 30/01/2025 JBIC bilan yangi tashabbuslarni amalga oshirish yo'nalishlari muhokama qilindi

JBIC bilan yangi tashabbuslarni amalga oshirish yo'nalishlari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi Jasur Karshibayev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi. Delegatsiyaga JBIC’ning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha ijrochi direktori Sato Takayuki boshchilik qildi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlaridagi loyihalarni moliyalashtirish guruhi rahbari Kato Manabu, JBIC’ning Moskvadagi MDH mamlakatlari bo‘yicha vakolatxonasi rahbari Ken Imai, “Yaponiya xalqaro loyihalarga ko‘maklashish markazi” bosh ijrochi direktori Askar Sultonov, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Muhokamaning asosiy mavzusi O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik doirasida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘ldi.

Uchrashuv ishtirokchilari JBIC tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan joriy loyihalarni tahlil qilib, mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qildi.

Barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan, ayniqsa, “yashil” iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni ishlab chiqishga alohida e’tibor berildi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli yangi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalasi ham ko‘tarildi. Yaponiya tomoni O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda bundan buyon ham ishtirok etishdan manfaatdorligini bildirdi va umumiy maqsadlarga erishish uchun faol hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishiga qaratilgan strategik tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlar muhimligini ta’kidlab, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling