Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi mamlakatda 3-dekabr kuni e’lon qilingan harbiy holat munosabati bilan fuqarolarga namoyishlar va mitinglarda qatnashmaslikni tavsiya qildi.
Diplomatik vakolatxona Janubiy Koreyadagi siyosiy vaziyatni hisobga olib, o‘zbekistonliklarni ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlardan chetda turishga, shuningdek, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan uzoqroq bo‘lishga chaqirdi. Shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash va salomatlikni asrash zarurligi alohida ta’kidlandi.
Favqulodda vaziyatlarda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334